Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Elektron hukumat sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha idoralararo onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tadi
    21.07.2020

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida davlat tashkilotlarining elektron hukumat sohasida amalga oshirayotgan loyihalari xususida onlayn yig‘ilish o‘tkaziladi. 

    Onlayn yig‘ilishda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, Intellektual mulk agentligi va Davlat xizmatlari agentliklarining loyihalari muhokama qilindi hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul xodimlarning hisobotlari eshitiladi.

    Asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699 qarori ijrosiga qaratiladi.

    Manba: Axborot xizmati