Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniya markazi 2020 yil 24 sentabrdan 1 oktabrga qadar Toshkent shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 69-uyda joylashgan teleminoraning (N=180m) yuqori balandligida antenna qurilmalarida texnik tadbirlar amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan 2020 yil 24 sentabrdan 1 oktabr kunlari Toshkent shahridagi “Navruz media”, “Vodiy sadosi”, “O‘zbegim taronasi”, “Hamroh” va “Radio grand” radiokanallar efirida vaqtinchalik to‘xtalishlar kuzatilishi mumkin.
Shuningdek, 26 sentyabr kuni soat 18:00gacha yuqoridagi radiokanallar efiri vaqtinchalik to‘xtatilishi mumkinligini maʼlum qilamiz.
Manba: Axborot xizmati