Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Fuqarolarimiz tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlar bo‘yicha AKT vazirligining Rasmiy bayonoti
    27.07.2020

    Bugungi kunda Ommaviy axborot vositalari va, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bir qator savollar va murojaatlar kelib tushmoqda.

    Shundan kelib chiqib, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot kotibi Sherzod Axmatov bugun eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga javob berdi.

    Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida uzoq qishloq hududlariga ham keng polosali optik tolali aloqa kabellari yotqizilmoqdami yoki vatinchalik to‘xtatilganmi?

     

    O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar stragegiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” (2020 yil 2 martdagi PF–5953-sonli)gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

    Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida uzoq qishloq hududlariga ham keng polosali optik tolali aloqa kabellarini yotqizish va aholini tezkor internet bilan ta’minlash ishlari belgilangan chora-tadbirlar asosida izchil amalga oshirildi. Bir zumga ham ishlar to‘xtatilgani yo‘q.

    Hususan, 2020 yilda kamida 800 mingta keng polosali Internet portlari yaratilishi, 12 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari yotqizilishi belgilangan. Telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida joriy yil boshidan bugungi kungacha, Internet tarmog‘ida keng polosali ulanish tarmoqlarini kengaytirish maqsadida 490 ming portga teng Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlari o‘rnatildi, natijada ularning umumiy soni 2,5 mln.ga yetkazildi.

    Telekomunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish loyihalari doirasida rejalashtirilgan ob’ektlarga qadar 7,8 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilib, ularning umumiy uzunligi 44,4 ming km.dan oshdi.

    Bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom etmoqda.

    "2019 yil va 2020 yilning 6 oyi mobaynida 10 316 ta ijtimoiy soha ob’ektlarigacha 8,3 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilishi natijasida 5 095 ta maktablar, 3 226 ta maktabgacha ta’lim va 1 995 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlarini tezkor Internetga ulash imkoniyati yaratildi".

    Bu borada investorlar va mahalliy tadbirkorlar ham faol qatnashayotgani e’tiborga molik. Masalan, Jizzax erkin iqtisodiy zonasida koreyalik hamkorlar bilan birgalikda loyiha qiymati 11 mln. dollarga teng optik tolali kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. U yerda yiliga 50 ming km. optik tolali kabel tayyorlash quvvati yaratildi.

     

    Bu esa, o‘z navbatida, internet tezligining oshishida muhim omilga aylandi. Gap shundaki, “Ookla” kompaniyasining Speedtest.net servisi internet tezligi bo‘yicha 2020 yil iyun oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi va ushbu Speedtest Global Index reytingida O‘zbekiston keskin o‘sishni namoyon etdi.

    Internet tezligi bo‘yicha reytingda O‘zbekiston bir yil ichida 36 pog‘onaga ko‘tarilishi kuzatildi. Umuman, oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekiston simli internet tezligi 2,5 barobarga o‘sdi.

     

    Bugungi kunda nega ham joyda internet tezligi bir xilda emas, ayniqsa mobil aloqa internet xizmatlarlarida xizmatlar talab darajasida emas.! Karantin rejimi vaqtida uzoq qishloq hududlariga qancha mobil aloqa tayanch stansiyalari o‘rnatildi?

     

    Yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, karantin vaqtida ham vazirilk tomonidan kuplab ishlar amalga oshirildi.

    2020 yil - «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlanish yili»ning birinchi yarmida mobil aloqa operatorlari tomonidan jami 1375 ta mobil aloqa tayanch stansiyasi o‘rnatilib, aholi maskanlarining mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 97 va keng polosali mobil internet tarmog‘iga ulanish qamrovi darajasi 78 foizga yetkazildi.

    Eng muhimi, mobil aloqa tarmoqlari qurilmalari respublika miqyosida o‘rnatilmoqda. Hududlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, Qashqadaryoda 138 ta, Samarqandda 157 ta, Namanganda 128 ta, Toshkent viloyatida 134 ta, Farg‘onada 171 ta, Toshkent shahrida 164 ta, Xorazmda 64 ta, Sirdaryoda 31 ta, Surxondaryoda 76 ta, Navoiyda 34 ta, Jizzaxda 70 ta, Buxoroda 61 ta, Andijonda 117 ta, Qoraqalpog‘istonda 34 ta mobil aloqa stansiyalari o‘rnatildi. Yangi tayanch baza stansiyalarini o‘rnatish ishlari tizimli olib borilmoqda.

    Aytish joizki, shu kunga qadar asosan telefon xizmatlarini ko‘rsatuvchi 2G mobil tarmoqlarni kengaytirish vazifasi bajarilgan bo‘lsa, hozir tarmoqning qamrovini oshirish bo‘yicha loyihalar 3G/4G tarmoqlarini kengaytirishga yo‘naltirilmoqda. Xususan, shu yilning o‘zida 2200 ta 3G/4G baza stansiyasini o‘rnatish rejalashtirilgan.

    Ta’kidlash joizki, respublikada AKT sohasidagi eng ilg‘or texnologik ishlanmalarni joriy etishga muhim e’tibor qaratiladi. 2019 yil sentyabrdan bir vaqtda ikkita mahalliy mobil operatorlar — UZMOBILE va UCELL 5G texnologiyani test sinovidan o‘tkazishni boshlagani shundan dalolat beradi.

    Pochta jo‘natmalarini olish va yuborishda o‘z vaqtida manzillariga yetib bormaslik xolatlari kuzatilmoqda. Hozirgi vaqtda Xalqaro pochta jo‘natmalarini tashish uchun havo transportida yuborish va qabul qilish bo‘yicha ma’lumot berib o‘tsangiz?

     

    Xabaringiz bor, Yurtimizda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqti 16 martdan boshlab “O‘zbekiston pochtasi” pochta jo‘natmalarini yer usti transporti orqali boshqa davlatlarga yuborayotgan edi. Shu vaqtlarda pochta jo‘natmalarini olish va yuborishda o‘z vaqtida manzillariga yetib bormaslik xolatlari kuzatilgandi.Ushbu kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilgan edi.

    Shuni aytishimiz mumkinki hozirgi vaqtda “O‘zbekiston pochtasi” AJ, Havo transporti orqali yuk tashuvchi aviakompaniyalar bilan xalqaro pochta jo‘natmalarini dunyoning 35 ta mamlakatlariga yetkazib bermoqda.

    Xalqaro pochta jo‘natmalari yuk tashuvchi havo transportida yuborilishi munosabati bilan, yangi “Extra” tarifi asosida qabul qilinmoqda.

    Shuningdek, “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan 32 ta davlatga faqat yer usti transporti yo‘nalishida xalqaro pochta jo‘natmalari yetkazib berilmoqda.

    Bugungi kunda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali qancha elektron davlat xizmati taqdim etilmoqda?

     

    Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz) joriy etilgan. Bugungi kunda Yagona portal orqali 200 tadan ortiq elektron davlat xizmatlari taqdim etib kelinmoqda.

     

    Ushbu xizmatlar bo‘yicha yil boshidan beri 1,4 mln. ta arizalar kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,1 foizga oshdi.

     

    Yagona portalda joriy qilinadigan va takomillashtiriladigan ommabop davlat xizmati ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, ularni amalga oshirish natijasida yil yakuniga qadar umumiy xizmatlar soni 230 tadan oshadi.

     

    Jumladan, shifokor qabuliga yozilish, ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish, ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnoma olish xizmatlari joriy qilinishi hamda arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini olish, kadastr pasportini ro‘yxatdan o‘tkazish, ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat subsidiyasini olish xizmatlarining takomillashtirilishi rejalashtirilgan.

     

     

    Karantin rejimi joriy yilning 15 avgustigacha uzaytirildi.“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berish xizmati to‘xtatilmaydimi?

     

    “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berish xizmati epidemiya holatidan kelib chiqqan holda hamda bugungi kunda global muammoga aylangan “Koronavirus COVID-19 pandemiyasi” infeksiyasini jazoni ijro etish muassasalariga kirib kelishini oldini olish maksadida har bir hududdagi jazoni ijro etish muassasalari tomonidan qabul qilgan qarorlariga asosan pochta jo‘natmalari yetkazib berilmoqda.

    Jazoni ijro etish muassasalari tomonidan pochta jo‘natmalarini qabul qilayotganligi yoki qabul qilmayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar barcha pochta aloqasi ob’ektlarida mavjud bo‘lib, ushbu ma’lumotlar bilan foydalanuvchilar bevosita tanishish imkoniyatiga egadirlar.

    Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park)ning tashkil etilganiga mana bir yil bo‘ldi! Shu davr ichida nima ishlar amalga oshirildi?

     

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining izchil rivojlanishining yana bir muhim omillaridan biri sohada raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni ichki va tashqi bozorlarda ilgari surish, innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirishdir.

    Aynan mana shu maqsadni ko‘zlab barpo etilgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park)ning rezidentlari hisoblangan 400 tashkilotda bugun to‘rt ming nafar mutaxassis faoliyat yuritmoqda. Eng muhimi, ushbu tashkilotlarning 14 tasi xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan bo‘lsa, 54 tasi yangi ochilgan.

     

    Yil boshidan beri IT-Park rezidentlari tomonidan jami 560 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmi 346 mlrd. so‘m, xususan, eksport hajmi 6,1 mln. doll.ni tashkil etdi.

     

    Toshkent shahrida IT-Park rezidentlari sonini ko‘paytirish va yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida umumiy maydoni 408 ming kv. m.ga teng hududda xorijdan jalb qilingan ekspert bilan hamkorlikda IT-Park infratuzilmasi ob’ektlarini qurish konsepsiyasi ishlab chiqildi. IT-Parkning hududiy filiallarini tashkil etish bo‘yicha joylardagi mahalliy hokimliklar bilan qo‘shma qarorlar imzolanib, har bir loyiha bo‘yicha bajariladigan vazifalar tarmoq jadvallari tasdiqlandi.

    IT-Parkning hududiy filiallari binolari Andijon (“Digital city” texnoparki), Farg‘ona (IT-Park Marg‘ilon filiali), Sirdaryo (IT-Park Guliston filiali) viloyatlarida foydalanishga topshirilib, Andijon filialida 10 ta va Marg‘ilon filialida 7 ta rezident faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Namangan (5800 kv.m), Nukus (12000 kv.m), Samarqand (12000 kv.m), Urganch (9200 kv.m) va Jizzax (850 kv.m) shaharlarida IT-Park filiali binolarini qurish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

    AKT bozorini rivojlantirish, IT-ekotizimini shakllantirishda bozorning professional ishtirokchilari o‘rtasida keng muloqot olib borish, startaplarni amalga tatbiq etish, bu yo‘nalishda turli ko‘rik-tanlovlar, ko‘rgazmalar tashkil qilish ham doimiy diqqat markazida bo‘lib kelyapti. Shu maqsadda:

    BMT vakolatxonasi va IT-Park bilan birgalikda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, uning oqibatlarini yengillashtirishga xizmat qiluvchi innovatsion g‘oyalarni izlab topish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida “Kovid Chellenj 2020” (“COVID-19 Challenge 2020”) tanlovi o‘tkazildi. Unda sog‘liqni saqlash, yordamga muhtoj aholiga ko‘maklashish, ta’lim, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash kabi 8 ta yo‘nalish bo‘yicha 600 dan ortiq ariza kelib tushdi. Shulardan g‘olib deb topilgan eng yaxshi 5 ta loyiha egalariga 42,5 ming dollar mablag‘ ajratildi.

    Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport, tadbirkorlik va turizm sohalari bo‘yicha talabalar o‘rtasida eng yaxshi mobil ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha “mGovAward” birinchi respublika tanlovi o‘tkazilmoqda. Tanlov uchun Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan 100 ming dollar ajratilgan va 3 ta munosib jamoa mazkur mablag‘ hisobidan rag‘batlantiriladi.

    Amerika Qo‘shma Shtatlarining YuSAID agentligi bilan birgalikda IT-Park tomonidan inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari hamda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun qiymati 140 ming dollarlik tadbirkorlik va biznes-muhitni rivojlantirish loyihasi amalga oshirilyapti.

     

    Manba: Axborot xizmati