Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri jurnalist va blogerlar bilan ochiq muloqot norasmiy uchrashuv o‘tkazadi
    21.10.2020

    24-oktabr kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki majmua shou-rumida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov  ommaviy axborot vositalari vakillari  va blogerlar bilan ochiq muloqot norasmiy uchrashuvni o‘tkazadi.

    Ta’kidlash kerakki, aynan shunday yuqori darajadagi shaklda o‘tkazilgan tadbir ilk marotaba o‘tkaziladi. Tadbirda qatnashgan ommaviy axborot vositalari vakillari  va blogerlar shaxsan Vazirlik rahbariyatiga o‘z savollarini murojaat etishlari va ularga batafsil va to‘liq javob olishlari mumkin.