Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT masalalari bo'yicha fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko‘tarilgan savol va murojaatlariga to'liq ma'lumot beriladi
    26.06.2020

    Barchamizga ma’lumki, O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bir qator savollar va murojaatlar kelib tushmoqda.

    Shundan kelib chiqib, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish ham bugun eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga to‘liqona javob berishga kerakli isharni olib bormoqda. 27-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkillashtirilayotgan brifingda AKT vazirligi Matbuot xizmati rahbari Sherzod Axmatov qatnashadi va fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga batafsil javob beradi.

    Manba: Axborot xizmati