Barchamizga ma’lumki, O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bir qator savollar va murojaatlar kelib tushmoqda.
Shundan kelib chiqib, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish ham bugun eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga to‘liqona javob berishga kerakli isharni olib bormoqda. 24-mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkillashtirilayotgan brifingda AKT vazirligi Matbuot xizmati rahbari Sherzod Axmatov qatnashadi va fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga batafsil javob beradi.