Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Koronavirusga qarshi kurashda AKT vazirligining vazifalari to‘g‘risida AKT vaziri o'rinbosari brifingda ishtirok etadi
    20.03.2020

    21-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekistonda koronavirus (COVID-19) epidemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha kelib tushgan savollar va murojaatlar bo‘yicha brifing o‘tkaziladi.

    Unda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Qaxramon Yuldashev ishtirok etib, fuqarolarimiz, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga batafsil javob beradi.

    Manba: Axborot xizmati