Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish” mavzuidagi matbuot anjuman bo‘lib o‘tadi
    26.02.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2020 yil 28-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjuman o‘tkazadi.

    Matbuot anjumani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi doirasida III-yo‘nalishi “Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish” masalalariga bag‘ishlanadi.

    Matbuot anjumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

    Manba: Axborot xizmati