Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • «StarTTech» IT-konferensiyasi bo‘lib o‘tadi
    08.01.2020

    2020-yil 10-yanvar kuni O'zbekistonda birinchi marotaba IT Parkning tashkil topgan kunga bag'ishlangan StarTTecH IT-konferensiyasi bo'lib o'tadi. Birinchi konferensiyaning asosiy mavzusi Startup ekotizimini rivojlantirish bo'ladi.

    Mazkur tadbir doirasida IT-Parkni inkubatsiya va akseleratsiya dasturidan o'tgan startaplar ko'rgazmasi, shuningdek, startap dasturlari uchun sinov ko'rig tashkillashtiriladi. Kirish bepul!

    Barcha tafsilotlar konferentsiya veb-saytida: https://starttech.uz/

    Manzil: Tashkent International Hotel (Crystal Hall), Amir Temur shoh ko'chasi, 107A

    Ma’lumot uchun:

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 30-sentabr va 2-oktabr kunlari davomida Hindiston Respublikasiga davlat tashrifi chogʻida, Oʻzbekiston va Hindiston tomonlari axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish borasida kelishuvga erishishgan edi. Oʻzbekiston tomoni Oʻzbekistonda dasturiy mahsulotlar va startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan axborot texnologiyalari parkini Hindistonning ushbu sohadagi kompaniyalari bilan hamkorlikda va ularning ilgʻor tajribasiga tayangan holda barpo etish borasida oʻz qiziqishini bildirdi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni taʼkidlash mumkinki, AT Parki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatda startap-ekomuhitini va startap-loyihalarini yaxshilash va ularning rivojlanishini ta’minlash maqsadida barpo etildi.

    Keyinchalik, axborot texnologiyalari eko-muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2019-yilning 10-yanvarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 17-sonli qarori qabul qilindi. Qaror mohiyatidan kelib chiqib, AT Parki Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi taʼsischiligi asnosida, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil qilindi.

     

    Manba: Axborot xizmati