Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazm viloyatida har bir tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochildi
    31.12.2020

    Bugun 31 dekabr kuni Xorazm viloyati Urganch tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilib, faoliyatini boshladi va yoshlar ixtiyoriga topshirildi. Ushbu markaz Xorazm viloyatida tashkil etilgan o‘n ikkinchi o‘quv markazi hisoblanadi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazini ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Urganch tumani hokimi F.Sharipov, Axborot texnologiyalari vazirligi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Z.Karimov hamda tumanning bir guruh faollari va yoshlar ishtirok etdilar.

    O‘quv markazi zamonaviy kompyuter texnikalari, mebel jihozlari va boshqa eng so‘ngi rusumdagi texnika vositalari bilan jihozlandi. O‘quv markazida aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratildi.

    Tuman yoshlari ushbu o‘quv markazida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, kibersport hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda bilimini oshiradilar. Shu bilan birga yoshlar axborot texnologiyalari, dasturlash sohalarida innovatsion ishlanmalar yaratish, startap loyihalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish orqali o‘z iste’dodlarini to‘liq va har tomonlama namoyish etishlari va orzu istaklarini ro‘yobga chiqarishlariga imkon beradi.

    O‘quv markazi tuman aholisi va yoshlari uchun yangi yil bayramiga munosib tuhfa bo‘lishi shubhasiz!

    Urganch tumanida ham o‘quv markazini ishga tushirilishi natijasida Xorazm viloyatida IT-markazlarni tashkil etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi to‘liq ta’minlandi.

     

    Manba: Axborot xizmati