eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyati Jomboy va Ishtixon tumanlarida Raqamli texnologiyalar o`quv markazlari ochildi
    30.12.2020

    O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusning 3-yo`nalishi – “Aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish” doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Respublikaning barcha shahar va tumanlarida Raqamli texnologiyalar o`quv markazlari tashkil etmoqda.

    Xususan, Samarqand viloyati Jomboy va Ishtixon tumanlarida ham markazlarning ochilishi bo`lib o`tdi va viloyat bo`yicha jami tashkil etilgan markazlar 9 taga yetdi.

    Markazlarning ochilish tadbirlarida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, tumanlarning hokimligi, vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarning viloyat bo`linmalari rahbar va xodimlari, tumanlar faollari va mahalliy yoshlar ishtirok etdilar.

    Ushbu markazlar asosan 7 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan yoshlar uchun mo`ljallangan bo`lib, o`zida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, robototexnika bo`yicha yoshlarni o`rgatuvchi o`quv kurslari hamda kibersport to‘garagi tashkil etilgan. Yoshlar bilan bir qatorda mazkur markazlarda tumanlardagi davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo`yicha malakalarini oshirish maqsad qilingan.

    Shuningdek, shu kunning o`zida Jomboy tumani Jomboy pochta aloqa bo`limida “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal”dan foydalangan holda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi. Endilikda mazkur pochta aloqa bo‘limi orqali 15 turdagi elektron davlat xizmatlari ko`rsatilib kelinadi.