Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlikka jalb qilish doirasida Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilish marosimi o‘tkazildi.
Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududiy boshqarmasi, tizimdagi korxona va tashkilot, tuman hokimligining rahbar va xodimlari hamda tumanning yoshlari ishtirok etdi.
Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.
Manba: Axborot xizmati