Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyati, Forish tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi
    30.12.2020

    Jizzax viloyati, Forish tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi va ushbu hududda tashkil etilgan oltinchi o‘quv markazi hisoblanadi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi, Forish tuman hokimligi rahbar va xodimlari, IT Park maslahatchisi janob J. Partasarti, keng jamoa vakillari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

    Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanishdasturlashveb dizaynkompyuter grafikasi kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.