Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyatida oltinchi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi foydalanishga topshirildi
    24.12.2020

    2020 yil 23-dekabr kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi foydalanishga topshirildi.

    Markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarma rahbar va xodimlari, IT-Center vakillari, tuman hokimligi mutasaddilari, mahalla faollari, umumta’lim maktablari o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdi.

    Shinam xonalarga ega bo‘lgan yangi markaz zamonaviy kompyuter jihozlari, yuqori tezlikda ishlovchi internet tarmog‘i bilan ta’minlangan. Bu yerda Boyovut tumani yoshlari uchun raqamli texnologiyalar, dasturlash asoslari, robototexnika bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilinadi.

    Shuningdek, markazda ushbu hududdagi davlat va ho‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari hududiy bo‘linmalari xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakasini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Qolaversa, markazda yoshlarni kompyuter sportiga (kibersportga) jalb qilish, kibersport qoidalarini o‘rgatish, turli o‘yinlar bo‘yicha guruhlarni shakllantirish, jamoaviy o‘yinlar amaliyotini tashkil etish, respublika miqyosida musobaqalar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.

    Manba: Axborot xizmati