Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazmda o‘ninchi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ish boshladi
    30.12.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Muhataram Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida qator vazifalar belgilanib, ishlar olib borilmoqda.

    Xususan 3-tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish borasida Axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida aholi va yoshlar uchun Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.

    Xorazm viloyatida ham Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.

    Xorazm viloyatida yana bitta markaz Yangiariq tumanida ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. Ushbu markaz Xorazm viloyatida tashkil etilgan o‘ninchi o‘quv markazi hisoblanadi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazini ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Yangiariq tumani hokimi A.Davletov, Axborot texnologiyalari vazirligi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Z.Karimov hamda bir guruh faollar va yoshlar ishtirok etdilar.

    O‘quv markazini tashkil etish uchun Yangiariq tumanidan “O‘zbektelekom” AK Xorazm filialiga qarashli bo‘sh turgan bino tanlab olindi va hamda zamonaviy ko‘rinishda to‘liq ta’mirlandi.

    Markaz zamonaviy kompyuter texnikalari, mebel jihozlari va boshqa eng so‘ngi rusumdagi texnika vositalari bilan jihozlandi. O‘quv markazida aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari hamda malakasini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratildi.

    Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish, kibersport hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda bilimini oshiradilar. Shuningdek axborot texnologiyalari, dasturlash sohalarida innovatsion ishlanmalar yaratish, start-ap loyihalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish orqali o‘z iste’dodlarini to‘liq va har tomonlama namoyish etishlari va orzu istaklarini ro‘yobga chiqarishlariga imkon beradi.

    O‘quv markazi tuman aholisi va yoshlari uchun munosib tuhfa bo‘lishi shubhasiz!

    Manba: Axborot xizmati