Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon viloyati Shahrixon tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z ishini boshladi
    26.12.2020

    Andijon viloyati Shahrixon tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi.

    Markaz ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriligi Andijon viloyati xududiy boshqarmasi va Shahrixon tumani hokimligi rahbar va xodimlari, tuman fahriylari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

    Mazkur o‘quv markaz zamonaviy kompyuter uskunalari bilan jihozlanib, unda yoshlarni dasturlash, veb-dizayn, robototexnika asoslarini o‘qitish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

    Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirish rejalashtirilgan.

    Manba: Axborot xizmati