Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyati pochta aloqa bo‘limlarida elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi
    21.12.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston” starategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni bilan Qiziltepa va Xatirchi tumanlarida jismoniy va yuridik shaxslarga interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishda imkoniyat yaratish maqsadida tuman pochta aloqasi bo‘limida xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan edi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 14 dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror pochta aloqasi tizimi bugungi kunda mamlakat hududlarida xat va pochta jo‘natmalari bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berish, bank, moliya va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha o‘z infratuzilmasiga ega bo‘lgan muhim soha ekanligi, xususan ushbu soha tizimida “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimizning pochta aloqasi milliy operatori sifatida Respublika miqyosida 2 mingga yaqin pochta aloqasi ob’ektiga ega bo‘lib, barcha aholi punktlarini qamrab olgan soha hisoblanishi alohida ta’kidlab o‘tilgan.

    Yuqoridagi farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Qiziltepa pochta aloqa tarmog‘iga qarashli “Yuqsun” va “Uzilishkent” aloqa bo‘limlari hamda Xatirchi pochta aloqa tarmog‘iga qarashli “Novvot” aloqa bo‘limi tomonidan bugungi kunda fuqarolarga “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali"dan foydalangan holda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi.

    Bugungi kunda pochta aloqa bo‘limlari orqali:

    - STIR raqam olish;

    - yuridik va jismoniy shaxslarni soliqdan qarzdorligi to‘g‘risida ma’lumot olish;

    - nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni olish;

    - fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga olish;

    - manzil ma’lumot axborotlarini taqdim etish;

    - sudlanganlik yoki sudlanmaganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;

    - fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumot olish;

    - arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish;

    - bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish;

    - tug‘ilganlik haqida ma’lumotnoma olish;

    - o‘lim ro‘yxatga olinganligi haqida ma’lumotnoma olish;

    - pensiya va nafaqa haqida ma’lumot olish;

    - narkologiya dispanserida hisobda turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;

    - ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanserda hisobda turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish kabi xizmatlardan foydalanish mumkin.

    Manba: Axborot xizmati