Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida AKT vazirligi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi va viloyatda amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha vaziyat o‘rganildi
    18.12.2020

    Jizzax viloyati, Mirzacho‘l tumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

    O‘tkazilgan sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 27 ta murojaat kelib tushdi, 11 ta murojaat ijobiy hal qilindi va 16 ta murojaat nazoratga olindi.

    Sayyor qabul davomida fuqarolardan telekommunikatsiya, mobil aloqasi, radio va televideniye, axborot texnologiyalari sohasida o‘qitish, maktab o‘qituvchilarining malakasini oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilish va o‘quvchilarga beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida murojaatlar bildirildi.

    Shu bilan birga, viloyatning Mirzacho‘l va Do‘stlik tumanlarida “5 ta muhim tashabbus” doirasida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari, Jizzax shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabi negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish, Zarbdor tumanini 2020 yil yakuniga qadar raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha tasdiqlangan yo‘l xaritasiga kiritilgan loyihalar ijrosi bilan joylarga chiqib tanishildi.

    Manba: Axborot xizmati