Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Оperator va provayderlarga xalqaro paketli kommutatsiya markazi orqali taqdim etiladigan 1 Mbit/s narxi 20 % ga arzonlashtirildi.
    14.12.2020

    Mamlakatimizda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda.

    Yurtimizda 2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilingani ham bejiz emas. Joriy yilda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bir qator yirik loyihalar amalga oshirildi.

    2020 yil 28 aprel kuni “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida raqamli iqtisodiyot bilan shug‘ullanadigan yaxlit tizim yaratildi.

    Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasida mamlakatning jadal raqamli rivojlanishini ta’minlash, hududlarda raqamli tafovutni bartaraf etish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga qulay davlat xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

    Bunda, 2020–2022 yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish doirasida,aholi punktlarini Internet tarmog‘iga ulash darajasi, shu jumladan keng polosali ulanish portlarini 2,5 milliongacha ko‘paytirish, 20 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalarini qurish va mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish orqali, keng polosali mobil aloqa qamrov darajasini 95 foizga yetkazish belgilandi.

    Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, “Oʻzbektelekom” AK tomonidan 2020-yilda mamlakat operatorlari va provayderlariga koʻrsatiladigan telekommunikatsiya xizmatlari narxlarini pasaytirishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirildi.

    IP-transport xizmatlari boʻyicha “Maʼlumotlarni uzatish magistral va multservis tarmoqlarini kengaytirish” loyihasi doirasida “Oʻzbektelekom” AK tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, joriy yilda transport tarmogʻining oʻtkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlarigacha 2 barobarga (400 Gbit/s. gacha), tuman markazlarigacha esa 4 barobarga (40 Gbit/s. gacha) oshirilgan.

    Mazkur loyiha boʻyicha ishlarning asosiy qismi yakunlanganligi munosabati bilan, 2021-yil 1-yanvardan transport kanallarini ijaraga berish xizmati joriy narxini 2 barobarga arzonlashtirilmoqda.

    Transport tarmogʻi oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish va narxlarini arzonlashtirish operator va provayderlarning respublikamizning chekka hududlarida faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

    Har bir foydalanuvchi uchun xizmat narxini arzonlashtirish, barcha toifadagi abonentlar uchun xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2020-yil noyabr oyidan operator va provayderlarga xalqaro paketli kommutatsiya markazi (XPKM) orqali taqdim etiladigan 1 Mbit/s tezlikdagi kanal narxi oldingi tariflarga nisbatan 20 % ga arzonlashtirilib, 45 022 soʻm deb belgilandi.

    2021-yil 1-yanvardan boshlab mazkur xizmat narxi 40 000 soʻmgacha arzonlashtirilishi rejalashtirilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati