Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xalqaro seminar o‘z yakuniga yetdi
    10.12.2020

    Birlashgan Millatlar tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan “O‘rta Osiyo mamlakatlarida yer axborotlari uchun geofazoviy va statistik ma’lumotlardan kompleks foydalanish bo‘yicha salohiyatni oshirish” ta’lim dasturi o‘z ishini yakunladi.

    2020 yilning 14 sentyabrdan bugungacha, videokonferensaloqa tartibida o‘tkazilgan mazkur seminar-treningda O‘zbekiston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasidan soha yo‘nalishlariga oid vazirlik, idora va tashkilotlardan mutaxassislar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Davlat statistika qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va boshqa idoralar mutaxassislari ishtirok etdilar.

    Seminar-treningda Tabiiy-iqtisodiy hisob va yer hisobini yuritish tizimi, Geoaxborot texnologiyalari va Yerni masofadan zondlash ma’lumotlaridan iqtisodiyot va xalq xo‘jaligining turli sohalarida foydalanish, Markaziy Osiyo mamlakatlarida statistika va geofazoviy ma’lumotlarni yer resurslari to‘g‘risida statistika sohasidagi chaqiruvlar va hozirgi vaziyat, Yerni masofadan zondlash ma’lumotlari va veb-sahifalar asosidagi geoaxborot texnologiyalari dasturiy ta’minotlarining qo‘llanilishi, dunyo tajribasi va amaliyotidan misollar, Yerni masofadan zondlash ma’lumotlariga sun’iy intellekt va dastlabki ishlov berish yo‘nalishlari, geotahlillar hamda geostatistika texnologiyalari va usullari kabi yo‘nalishlarda nazariy bilimlar va amaliy misollar keltirilgan ma’ruzalar hamda amaliy mashg‘ulotlar taqdim etildi.

    Shu bilan birga, seminar-treningda ishtirokchilar tomonidan respublikada joriy etilgan va rejalashtirilayotgan tizimlar hamda amaliy ishlar to‘g‘risida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur tadbir qizg‘in muhokama va savol-javoblar ruhida o‘tdi va ishtirokchilarining nazariy bilimlarini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, kelgusida ish faoliyatida qo‘llashga zamin yaratdi.

    Seminar-trening yakunlari bo‘yicha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

     

    Manba: Axborot xizmati