Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Oʻzbekiston ochiq ma’lumotlar jahon reytingida (ODIN) dunyoda 44-oʻrinni, Markaziy Osiyo bo’yicha 1-oʻrinni egalladi
    10.12.2020

    Open Data Inventory ochiq ma’lumotlar jahon reytingida Oʻzbekiston 125 pog’onaga koʻtarilib, dunyoda 44-oʻrinni, Markaziy Osiyo bo’yicha 1-oʻrinni egalladi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-aprel kuni “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash va mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi, bu oʻz navbatida mamlakatimizda ochiq ma’lumotlar tizimini rivojlantirish uchun mustahkam asos boʻlib xizmat qildi. Ushbu qarorga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar toʻplamlari roʻyxati shakllantirildi.

    Oʻtgan davrda vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar tizimini rivojlantirish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Ushbu ishlar natijalarini mamlakatimizning ochiq ma’lumotlar boʻyicha xalqaro reytinglar va indekslarda mavqeining sezilarli darajada yaxshilanishida koʻrish mumkin. Xususan, Open Data Inventory (ODIN) jahon reytingida O‘zbekistonning o‘rni sezilarli darajada ko‘tarildi.

    Open Data Inventory (ODIN) ochiq ma’lumotlar jahon reytingi Open Data Watch xalqaro notijorat tashkiloti tomonidan ishlab chiqariladi. ODIN rasmiy statistika kamchiliklarini aniqlash, ochiq ma’lumotlar siyosatini ilgari surish, milliy statistika organlari (MSO) bilan ma’lumotlardan foydalanuvchilar oʻrtasida muloqotni yaxshilash va ragʻbatlantirishga qaratilgan qamrov va ochiqlikni baholaydi.