Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasing Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiining 28 yillik bayrami munosabati bilan tabrigi
    07.12.2020

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi butun Oʻzbekiston xalqini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiining 28 yillik bayrami bilan samimiy tabriklaydi.

    Konstitutsiyamiz yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy negizidir. Unda xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalar mustahkamlangan. Oʻz xalqining xohish-irodasi, dili va tilidagi ezgu niyatlariga hamohang Konstitutsiyaga ega mamlakat oʻzi belgilagan yuksak marralardan hech qachon ogʻishmasdan, doimo oldinga qarab boradi.

    Sohibqiron Amir Temur bobomiz “Davlat qonunlar asosida qurilmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tarkibi yoʻqoladi”, deb taʼkidlagan edilar. Shu nuqtayi nazardan, Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash biz bunyod etayotgan demokratik huquqiy davlatning bosh mezoni hisoblanadi.

    Aynan shu sababli Konstitutsiyamizni ehtirom bilan ulugʻlashimiz, har tomonlama oʻrganishimiz, unga izchil amal qilishimiz, asosiy qonunimizda mujassam boʻlgan ajdodlarimizning buyuk merosi va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlarimiz qalbiga singdirishimiz zarur.

    Aziz yurtdoshlar!

    Barchangizni mustaqil Vatanimiz tarixidagi shonli sanalardan biri - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etamiz.

    Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi faoliyatingizda yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

    Manba: Axborot xizmati