Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida Raqamli texnologiyalar markazi ochildi
    07.12.2020

    Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.

    Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan beshinchi Raqamli texnologiyalar markazi joriy yilning 7-dekabr kuni Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida ochildi.

    Raqamli texnologiyalar markazining ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi, tuman hokimligining rahbar va xodimlari, mehnat faxriylari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

    Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanishdasturlashveb dizaynkompyuter grafikasi asoslari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Qisqacha qilib aytganda o‘quv markazida aholi va yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida bilim egallashlari hamda malakasini oshirishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratildi.

    Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.

     

     

    Manba: Axborot xizmati