Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida Raqamli texnologiyalar markazi ochildi
    05.12.2020

    Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon va Quqon shaharlari va Dang‘ara, So‘x, Buvayda tumanlarida Raqamli texnologiyalar markazlari ochilib foydalanishga topshirilgan.

    Navbatdagi oltinchi Raqamli texnologiyalar markazi  kuni Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida ochildi.

    O‘quv markazining ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, Yozyovon tuman hokimligi  rahbar va xodimlari, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

    Markazda ko‘rkam va shinam xonalar tashkillashtirilgan, zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi. O‘quv markazida yiliga Yozyovon tumanining 3 mingga yaqin yoshlariga axborot texnologiyalari, robototexnika va dasturlash asoslarini o‘rgatish hamda bu sohada mutaxassislarni tayyorlash maqsad qilib belgilandi.

    Mazkur markazda yoshlarni kompyuter sportiga (kibersportga) jalb qilish, kibersport qoidalarini o‘rgatish, turli o‘yinlar bo‘yicha guruhlarni shakllantirish, jamoaviy o‘yinlar amaliyotini tashkil etish, respublika miqyosida musobaqalar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati