Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin
    04.12.2020

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yaratilishi va ishga tushurilishi elektron hukumat tizimini rivojlantirish jarayonida muhim qadam bo‘ldi. Bu esa, o‘z navbatida, nafaqat vaqtni, mehnat va moliya harajatlarini tejashga yordam beradi, eng asosiysi, fuqarolarimiz uchun qulaylik yaratib beradi, ularga qator xizmatlarni tezkor ravishda taqdim etishga zamin yaratadi.

    Yagona portalga yangi joriy etilgan davlat xizmatlaridan biri ozganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) togrisidagi kelishuvni davlat ro'yhatidan o'tkazish  joriy qilindi.

    Servitut huquqi o‘zi nima? Servitut bu yer egasining muayyan hollarda qo‘shni yer egasiga tegishli yerdan cheklangan tarzda foydalanishni talab qilish huquqidir.

    Mazkur xizmat bir ish kuni mobaynida ko‘rsatiladi, va undan foydalanish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari undiriladi. Agarda siz ushbu xizmatdan Yagona portal orqali foydalansangiz, unda 10 foiz chegirmaga ega bo‘lasiz.

    Mazkur xizmatdan foydalanish uchun quyidagi havola orqali o‘ting: https://my.gov.uz/uz/service/217

     

    Manba: Axborot xizmati