Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzaxda yosh dasturchilar Forumi o‘tkazildi
    26.11.2020

    23-25 noyabr kunlari Jizzax viloyatida Yosh dasturchilar Forumi o‘tkazildi.

    Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, IT Park Jizzax filiali hamkorligida tashkil etildi.

    Yosh dasturchilar Forumi 16-25 yosh toifasi bo‘yicha AKT sohasiga qizqadigan, raqamli texnologiyalarni endi o‘rganayotgan umumtaʼlim maktablaridagi yuqori sinf o‘quvchilari va oliy taʼlim muassasalari talabalari hamda yosh frilanserlar o‘rtasida o‘tkazilib, AKT sohasida yoshlarning bilim va malakasini oshirish, frilanserlikni ommalashtirish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

    Forum ikkita bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda Respublikamizning AKT sohasidagi eng yetuk mutaxassilar ishtirokida kichik guruhlarda master-klasslar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Forumning ikkinchi bosqichida ishtirokchilar “Mobil ilovalar”, “Grafik dizayn”, “Veb saytlarni yaratish”, “Robototexnika” yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirgan ishlanmalarini taqdim etdilar.

    Taqdim etilgan ishlanmalarni baholashda hakamlar tomonidan loyihasining dolzarbligi, aniqligi, kreativligi, hayotga tatbiq etish usullariga alohida eʼtibor qaratildi. Tanlov natijalari bo‘yicha 4 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 10 ta nominatsiyada g‘oliblari aniqlandi.

     

    Manba: Axborot xizmati