Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    02.12.2020

    2026 yilga borib dunyo aholisining 60 foiziga 5G texnologiyadan foydalanishga imkon yaratiladi

    Ericsson kompaniyasining yangi hisobotiga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasiga qaramay, 5G texnologiyasining dunyoga tarqalish jarayoni jadal bormoqda. Kompaniya bashoratiga ko‘ra, 2026-yilga borib dunyo aholisining 60 foiziga 5G texnologiyadan foydalanishga imkon yaratiladi

    Hisobotga ko‘ra joriy yil yakuniga kelib dunyoda 5G texnologiyaladan foydalanuvchilarning soni 218 mln. ga yetadi. Mazkur ko‘rsatqich 2026-yilga kelib 3,5 mlrd.ni tashkil etadi. Hozirgi paytda 5G texnologiyasi AQsh, Xitoy, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va qator mamlakatlarda rivojlanib kelmoqda.

    Ericsson ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 100 ta aloqa operatorlari 5G texnologiya orqali xizmat ko‘rsatadi. Va bu yerda Xitoy yetakchilik qiladi. Hozirda Xitoyda ko‘plab kompaniyalar 200$ ga teng va undan arzon narxda 5G texnologiyada ishlaydigan ommapob smartfonlarni xaridorlaga taklif qilmoqda. Boshqa mamlakatlarda esa mazkur smartfonlarning narxi 300$ dan boshlanadi.

     

    Telegramda gruppalar uchun ovozli chatlar paydo bo‘ldi

    Hammabop Telegram messenjerida yangi funksiyalar paydo bo‘lishi davom etmoqda. Bu safar Telegramning oxirgi 7.3 sonli versiyasida “gruppalar uchun ovozli chatlar” yangi funksiya paydo bo‘ldi.  

    Ommaviy guruhlarning administratorlari ovozli chatlarni yaratishga va ularning ishtirokchilarni qo‘shish imkoniga ega. Telegramdagi ovozli chatlar ratsiya orqali muloqot olib borishga o‘xshaydi. Suhbatga qo‘shilmoqchi bo‘lgan ishtirokchi mikrofonni yoqish kerak va uni boshqa ishtirokchilar ham ko‘ra oladi. Agarda suhbat davomida kimdir tasodifan chatdan chiqib ketsa, unga qaytadan ulanish imkon ham bor.

     

    Maserati kompaniyasi besh yil ichida elektroavtomobillarni ishlab chiqarishga butunlay o‘tadi

    Avtomobillarni ishlab chiqaruvchi Italiyaning Maserati kompaniyasi 2025 yilga kelib to‘laqonli ravishda benzin dvigatellardan voz kechib, elektroavtomobillarni ishlab chiqarishga o‘tadi

    Kompaniya vakillari ta’kidlashicha, 2021-yilda ular avtomobilning gibrid versiyasini ishlab chiqaradi, va 2022-yilda esa to‘laqonli elektroavtomobilni ishlab chiqaradi. Shundan boshlab kompaniya qator avtomobil rusumlarini — Gran Cabrio, Gran Turismo elektrifikatsiyalashga o‘tadi.

     

    Amsterdamda shahar aholisini markazlashgan issiqlik bilan ta’minlovchi energiya tejamkor data-markaz quriladi

    Niderlandiyaning Amsterdam shahrida aholini markazlashgan issiqlik bilan ta’minlovchi energiya tejamkor Ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazining qurilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur data-markaz uchta 80-metrli binolardan iborat bo‘ladi. 

    Aytib o‘tish kerakki, 2018-yilda Amsterdam hukumati 2050-yilga kelib Ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash markazi tomonidan ortiqcha ishlab chiqarilayotgan issiqlikni shahar aholi ehtiyojlari uchun yo‘naltirishga va gaz asosida ishlayotgan markazlashtirilgan issiqlik manbalaridan voz kechishni rejalashtirganini e’lon qilgan edi. Hozirda Amsterdam shahrining ayrim uylari elektrostansiya va chiqindilarni qayta ishlash korxonalardan kelib tushayotgan issiqlikdan foydalanishadi.

     

    Bitkoyn kursining rekordi yangilandi

    Bitkoynning kursi o‘z tarixiy rekordini yangiladi: oxirgi birja savdolarida mazkur kriptovalyutaning narxi $19 850ga teng bo‘ldi

    2017-yilda bitta bitkoynning eng yuqori narxi $19 783 ga teng bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda esa ushbu ko‘rsatqich $19 850 ni tashkil qiladi. Yana diqqatga sazovor bir fakt shundaki, joriy yil mart oyida COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan so‘ng, bitkoynning $4000 dan past narxida sotilgan edi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati