Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tanishuv darsi
    12.10.2020

    Yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada ham katta o‘zgarishlar va islohotlar bo‘lmoqda. Buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish, ularni chuqur tadqiq etish, diniy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

    Buni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kabi ilm-ma’rifat maskanlarining tashkil etilganligi misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

    Yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlar, ushbu markazlar tomonidan diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan ishlar, ilmiy-tadqiqotlar, tarjimalar bilan tanishish va ularni keng xalq ommasiga yetkazish maqsadida nomlari keltirilgan ilmu irfon va ziyo maskanlarida o‘quv-seminarlar tashkil qilinmoqda.

    Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida surxondaryolik iqtidorli imom-xatiblar ishtirokida tanishuv darslari bo‘lib o‘tdi.

    Diniy soha xodimlariga markazning islom dunyosida tutgan o‘rni, Imom Termiziy, Hakim Termiziy va boshqa termiziylarning boy ma’naviy-ilmiy meroslarining kalom, tafsir, tasavvuf va hadis ilmlari rivojidagi olamshumul hissasi, markazning xorijiy va mahalliy ilmiy markazlari bilan xalqaro hamkorligi, markaz ilmiy xodimlari tomonidan tarjima qilingan ilmiy va ommabop nashrlar va ularning hozirgi kundagi ahamiyati xususida ma’ruzalar qilindi.

    Imom-xatiblar markaz xodimlariga yaratilgan shart-sharoitlar hamda kutubxona fondidan o‘rin olgan ilmiy asarlar bilan yaqindan tanishdi. Tanishuv darsi barcha imom-xatiblarda ijobiy taasurot qoldirdi.

     

    Manba: Axborot xizmati