Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tuzilmasi tasdiqlandi
    14.11.2020

     “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (693-son, 06.11.2020 y.).

    Qaror bilan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining (Markaz) tuzilmasi va ustavi tasdiqlandi.

    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi (Akademiya) rektoriga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

    Shuningdek, Akademiya tarkibidagi Ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar markazi tugatilib, uning moddiy-texnika bazasi Markazga berildi.

    Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2020 yil 11 avgustdagiPQ-4802-son qarori bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilgan.

    Manba: Axborot xizmati