Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Navoiy viloyati Nurota tumanida Raqamli texnologiyalar markazi ochildi
    27.11.2020

    Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.

    Navbatdagi Raqamli texnologiyalar markazi Navoiy viloyatining Nurota tumanida ochildi. Mazkur markaz “O‘zbekiston pochtasi” AJ Navoiy filialining Nurota pochta aloqasi tarmog‘i binosida tashkil etildi.

    O‘quv markazining ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi, Nurota tumani hokimligi, keng jamoatchilik vakillari hamda tuman yoshlar ishtirok etdilar.

    Mazkur o‘quv markaz eng zamonaviy kompyuter jamlanmalari, robototexnika qurilmalari hamda kibersportni rivojlantirish uchun jihozlari bilan ta’minlangan. Shuningdek, markaz yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan bo‘lib, shu bilan bir qatorda Wi-Fi hududi ham tashkil etilgan.

    Ushbu markazda yoshlar uchun kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash asoslari, kompyuter grafikasi va dizayn, robototexnika, veb dizayn asoslari, dasturlash tillari, veb va mobil ilovalarni yaratish kabi o‘quv kurslari hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbar va xodimlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

    Manba: Axborot xizmati