Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzaxda IT Park filiali ochildi
    11.11.2020

    Bugun, 11-noyabr kuni Jizzax shahrida IT Park mintaqaviy filialining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Bu rejalashtirilgan 14 ta filialning to‘rtinchisi bo‘lib, ulardan uchtasi GulistonMarg‘ilon va Andijonda ochilgandi.

    Ochilish marosimida Jizzax viloyati hokimi E. Saliyev, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazir o‘rinbosari B. Olmatov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari O. Hasanov, Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabhat va IT Park direktori o‘rinbosari B. Ayupovlar ishtirok etishdi.

    Jizzaxdagi IT Park filiali Sh.Rashidov ko‘chasi, 63-uy, ya’ni Jizzax viloyati hokimligi binosida joylashgan.

    Filial 24/7 rejimda faoliyat yuritib, u yerda chet ellik sheriklar va turli kompaniyalar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatiladi. Loyihaning umumiy qiymati 5,5 milliard so‘mni tashkil etadi.

    Bundan tashqari, IT Parkning Jizzax hududida IT-markaz ham ochildi, bu esa mahalliy aholi va yoshlarga o'z kompyuter savodxonligini oshirish, AKT sohasidagi dolzarb AKT sohasidagi yo'nalishlarni o‘rganish imkoniyatini beradi: dasturlash, web-dizayn, grafik dizayn, mobil robototexnika, kibersport asoslarini, ingliz tilida AKT sohasidagi terminologiyasini o'rganish va boshqalar.

    IT  Parkning Jizzax filialiga o‘quv xonalari va kibersport sinflari uchun kompyuter to‘plamlari berildi, zamonaviy o‘quv xonalari yaratildi. Bu yerda yil davomida 500 ga yaqin yoshlar ta’lim olishi mumkin.

    Ayni paytda IT Parkning bir qator rezidentlari Jizzax filialiga mansub: PE "Alitech Website Solutions" — veb-saytlarni ishlab chiqish bo‘yicha xizmatlar, MChJ "Include" — S-Zone — talabalarni videonazorat yordamida tekshirish, sog‘liqni saqlash tizimlarini avtomatlashtirish - "Medcash"; "Uztan Media" XK — domenni ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlari, shuningdek veb-saytlarni joylashtirish, PE "My Way Group" — yuklarni yetkazib berish uchun "MY GRUZ" dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish, MChJ "Kroxus Soft" — CRM va ERP tizimlari.

    IT Park rezidentlari uchun bir qancha afzalliklar mavjud (mahalliy va xorijiy IT kompaniyalar uchun ham): daromad solig‘i 7,5 foizgacha pasayadi, nol korporativ va ijtimoiy soliqlar, o‘z ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.