Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Korrupsiyaga qarshi kurashib, yashirin iqtisodiyotni bartaraf etish bugungi kun talabi!
    24.11.2020

    Hozirgi kunda mamlakatimiz oldida turgan pandemiya bilan bir qatorda bartaraf etishi zarur bo‘lgan muammolardan biri korrupsiya va yashirin iqtisodiyotdir. Ikkala omilning mavjudligi barcha zamonlarda o‘sha davlatlarning kelajagiga rahna solgan, rivojlanishini susaytirgan, xalqning davlat organlariga bo‘lgan ishonchi yo‘qolishiga asosiy sabablardan biri bo‘lgan. Shu jihatdan ham bo‘lsa kerak, hozirgi kunda ham yurtimizda bu balolar bilan keskin kurashish choralari ko‘rilmoqda. 

    Xususan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bu borada boshqa vazirlik va idoralarga qaraganda, samaraliroq usullarni amaliyotga joriy qilish orqali bu balolardan kurashish yo‘llarini izlamoqda. Xususan, o‘tgan vaqt davomida bosqichma-bosqich davlat xizmatlarining elektronlashtirilishi, jumladan, raqamlashtirilishi natijasida bugungi kunda davlat xizmatlari aholining to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaati bilan joylardagi davlat xizmatlari markazlari yoki Internet tarmog‘i orqali Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatilayotgan bo‘lsa, oldinlari ushbu xizmatning an’anaviy ko‘rsatilishi natijasida davlat xizmatchisi va aholining to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishi orqali korrupsiyaviy omillarning ehtimolligi birmuncha yuqori edi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning keng ko‘lamdorligi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritalari” qabul qilinganligi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi aynan mana shu “Yo‘l-xaritalari” ijrosini amalga oshirish vaqtida Vazirlikda Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimi joriy qilinib, alohida Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini muvofiqlashtiruvchi yangi boshqaruvchi tuzildi, har bir soha bo‘yicha yana alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, “inson omilini” kamaytirishni nazarda tutuvchi tadbirlar amaliyotga joriy qilindi, sohadagi barcha yo‘nalishlarda raqamlashtirish jarayonlari tizim asosda amalga oshirilishi belgilab olindi.

    Ushbu tizimli islohotlarni amalga oshirish uchun Vazirlik tomonidan qabul qilingan hujjatlar to‘liq qayta ko‘rib chiqilib, sohadagi barcha xodimlar amal qilishi majburiy bo‘lgan korrupsiyaning oldini olish va yashirin iqtisodiyotni bartaraf etishni nazarda tutuvchi me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.

    Natijada, har bir soha xizmatchisi o‘z vazifalarini sidqidildan amalga oshirar ekan, avvalo korrupsiyaviy omillar bo‘lmasligini ta’minlashi shartligini unutmasligi zarurligi tushantirildiyu Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, soha xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha o‘qitilishi bu borada xodimlarning o‘zlari kurashayotgan salbiy holatlarning qanchalik nojo‘ya qilmish ekanligini yanada tushunib olishiga yordam berdi.

    Bundan tashqari, soha xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish uchun har xaftalik hquv seminarlarining joriy qilinganligi soha islohotlarining keyingi rivoji davomiy ekanligini belgilab berdi.

    Vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar ichida, Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat doirasidagi loyihalar hisobini markazlashgan holda yuritish uchun mo‘ljallangan “Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari” yagona reyestri axborot tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarda davlat organlari va idoralarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid loyihalarining samarali joriy qilinishiga katta turki bermoqda. Shu paytga qadar normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar bilan ishlab chiqilgan va amaliyotgan joriy etilgan holda, undan unumli foydalanilmayotgan axborot tizimlari va resurslaridan samarali foydalanish choralari ko‘rilishi va ular o‘zaro integratsiyalashuvining ta’minlanishi natijasida “ishchi kuchi” birmuncha o‘z o‘rnini texnologiyalarga bo‘shatib berishi natijasida byudjet xarajatlari ham kamayadi.

    Davlat xizmatlari uchun to‘lanadigan davlat bojlari va yig‘imlarini hisobga olish bo‘yicha Yagona billing tizimni yanada takomillashtirish orqali to‘lovlar jarayoni shaffofligini ta’minlash maqsadida Yagona billinga ulanishi lozim bo‘lgan xizmatlari ro‘yxati tasdiqlanib, uni takomillashtirish choralari ko‘rilishi natijasida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun ular tomonidani to‘lanayotgan pul mablag‘larining real oqimi va hisob-kitobini aniqlash imkonini, yayniqsa yashirin iqtisodiyot bartaraf etilishini ta’minlaydi.

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini takomillashtirish orqali uning mobil ilovasini ishlab chiqilishi natijasida ko‘rsatilgan elektron xizmatlarni ushbu mobil ilovadan baholash, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Yagona portaldan foydalanish imkoniyatini yaratiladi.

    Yuqoridagi islohotlar ichida “Raqamli idora” loyihasining amalga oshirilishi olib borilayotgan islohotlarning tom ma’nodagi yuqori ko‘rsatkichlaridan biri bo‘ladi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi, sababi ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijasida nafaqat davlat xizmatlari, balki davlat organlarining ichki va o‘zaro axborot almashinuvi ham raqamlashtiriladi, axborotlarning maxfiyligi va xavfsizligi ta’minlanadi, eng muhimi korrupsiyaviy omillar minimal darajaga keltirish choralari ko‘riladi.

    Pochta aloqasi xizmati ko‘rsatishdan tushgan tushumlarning markaz-lashgan tartibda onlayn hisobini yuritish maqsadida Virtual kassa tizimini ishlab chiqili va uning joriy qilinishi natijasida pochta sohasidjagi korrupsiyaviy omillar, xususan, aholining pul mablag‘larining haqiqiy o‘z egalarining real holatda yetib borishini ta’minlaydi.

    Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashishda boshqa idoralarga qaraganda qog‘ozda emas, real holatda bir qator ijobiy islohotlarni amalga oshirayotganligi boshqa vazirlik va idoralarga qaraganda ushbu vazirlik oldiga bir qator mas’uliyatli ishlar amalga oshirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Xususan, suv va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida raqamlashtirishning zarur darajada amalga oshirilmayotganligi tufayli

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 28 apreldagi PQ–4699-son qarori bilan Vazirlik markaziy apparati tuzilmasida agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalariga mas’ul bo‘lgan vazir o‘rinbosari lavozimi kiritildi va Agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi va Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi tashkil qilindi.

    Hozirgi kunda tizim asosda korrupsiyaga qarshi kurashish choralari yo‘lga qo‘yilganligi va bu borada manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilayotganligi bir qator sohalarda o‘g‘rilik, talonchilik, o‘zlashtirish va rastrata, mansabdorlik jinoyatlarining soni kamayib, davlat xizmatchilarining ongida imkon qadar xalqqa xizmat qilish orqali uning rahmatini olishga bo‘lgan intilishi kuchaymoqda. Olib borilayotgan barcha islohotlar zamirida xalq manfaatlari yotib, xalq dardi bilan yashash Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning xodimlariga xosdir. Zero, xalq manfaatlari har qachon har narsadan ustun bo‘lmog‘i zarur.

     

    Rustam Xursanov, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari

    va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Yuridik bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, dotsent.

    Manba: Axborot xizmati