Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
    18.11.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun hamda mamlakatimiz hayotidagi mazkur muhim sanaga 29 yil to‘lishi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy qutlaydi.

    O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining davlat suvereniteti ramzi hisoblanib, davlatimizning xalqaro munosabatlardagi timsoli sifatida qadrlanadi.

    Jonajon yurtimiz osmoni bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang kabi musaffo, Vatanimizning taraqqiyot yo‘li va har birimizning hayot yo‘limiz bayroqdagi oq rang kabi pok hamda to‘q yashil rang kabi farovon bo‘lsin.

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun hamda mazkur sanaga 29 yil to‘lganligi muborak bo‘lsin, aziz Vatandoshlar!

     

    Manba: Axborot xizmati