Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Dasturlash hamma uchun
    11.11.2020

    “One million Uzbek Coders” kurslarini toʻliq oʻrganishni qaror qilgan Jasur va Gulnoza Xolovalar oilasi toʻrt farzandi bilan birgalikda “One Million Uzbek Coders” platformasida tahsil olishdi.

    39 yoshli Jasur Xolov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining axborot texnologiyalari yoʻnalishi bitiruvchisi, iqtisodiyotning turli sohalarida koʻp yillik tajribaga ega. Uning turmush oʻrtogʻi Xolova Gulnoza Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchisi. Mental arifmetika boʻyicha xalqaro darajadagi murabbiy. Hozirda u maktabda matematika, informatika va ITga ixtisoslashtirilgan fanlarni oʻrgatmoqda.

    Toʻngʻich qiz, Hilola, 17 yoshda, Parkent tumanidagi 5-davlat ixtisoslashtirilgan maktabini chuqurlashtirilgan matematika, rus va ingliz tillarini oʻrganish boʻyicha tamomlagan. Yaqinda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Axborot texnologiyalari yoʻnalishiga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan. Kelgusida u Yaponiyada magistratura yoʻnalishida tahsil olib Oʻzbekistonda arxitektura va qurilish sohasida innovatsion loyihalarni yaratish borasida yetarli tajriba yigʻishni rejalashtirgan.

    Bahrom, 15 yosh, 9-sinf oʻquvchisi, xuddi shu maktabda tahsil oladi. Bahrom kelajakda tajribali ilovalar yaratuvchi dasturchi boʻlishni, Massachusets texnologik universitetida (MIT) tahsil olib Oʻzbekiston nomini jahon miqyosida tanituvchi ilovalarni yaratmoqchi.

    Oʻrtancha farzand, Barno, 13 yoshda, Parkent tumanidagi 40-maktabning 7-sinf oʻquvchisi. U mental arifmetika boʻyicha xalqaro onlayn olimpiada gʻolibi. Kelgusida axborot texnologiyalari boʻyicha bilim beruvchi shaxsiy maktabini ochishni hamda “Maʼlumotlar tahlili” sohasida taʼlim berishni orzu qiladi.

    Kichik qizi, Zumrad, 10 yoshda, Parkent tumanidagi 40-sonli maktabning 4-sinf oʻquvchisi. Zumrad dizaynga qiziqadi va kun kelib shaxsiy liboslar kolleksiyasini tuzish hamda veb dizaynni mukammal oʻrganishni istaydi.

    Xolovlar oilasi, farzandlariga toʻgʻri namuna koʻrsatayotgani, ularni, yangi marralarni zabt etish, maqsadga erishish yoʻlida ruhlantirayotganini alohida taʼkidlash lozim. Xolovlar oilasi ayniqsa, farzandlari kamida axborot texnologiyalari sohasida minimal bilimlarga ega boʻlishini, koʻpida professional dasturchi boʻlib, kishilar hayotini yaxshilash va jamiyatga yordam beradigan innovatsion loyihalarni yaratadigan shaxs boʻlib yetishib chiqishini istaydigan ota-onalar yoki boʻlgʻusi oila sohiblari uchun oʻziga xos namuna boʻla oladi.

    One Million Uzbek Coders loyihasi: http://uzbekcoders.uz

     

    Manba: Axborot xizmati