Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT Park) “Open Data Challenge 2020“ xakatoniga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlanganini e’lon qildi.
“Open Data Challenge 2020“ xakatoni — bu Oʻzbekiston iqtisodiyoti, axborot texnologiyalari va tadbirkorlikda ochiq maʼlumotlarni rivojlantirishga qaratilgan har yili o‘tkaziladigan tanlov.
Ishtirokchilar oldiga uch kun davomida ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda aniq raqamli yechimlar (ilova, xizmat, elektron qurilma) ishlab chiqish vazifasi yuklatiladi. Bundan tashqari, 3 kun davomida ishtirokchilar ochiq maʼlumotlar boʻyicha yetakchi mutaxassislar tomonidan olib boriladigan treninglar va master klasslar hamda BootCampda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Taʼkidlash joizki, xakatonning to'rt yoʻnalishi boʻyicha gʻoliblar IT Parkning akseleratsiya intensiv dasturidan oʻtish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Tanlov 2020-yil 4-dekabrdan 6-dekabrgacha onlayn tartibda oʻtkaziladi!
Xakaton haqida batafsil bilish va ishtirok etish uchun ariza berish: http://datahack.uz/
11-noyabr kuni “mGovAward” talaba-yoshlari oʻrtasida respublika tanlovining taqdirlash marosimi onlayn tarzda boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, “mGovAward” tanlovi IT Park tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining BAA bilan “Davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish” yoʻnalishidagi hamkorligi doirasidagi koʻmagi bilan tatbiq etilgan. Mazkur tanlovning mukofot jamg‘armasi $100 mingga teng.
Tadbirda ekspertlar xulosasi va jamoa o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga va ovoz berish natijalariga koʻra eng yaxshi davlat mobil ilovalarni ishlab chiqqan gʻoliblar taqdirlanadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan soan 12:00 da boshlanadi.
Marosimda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yhatdan o'tish kerak: https://hopin.to/events/mgov-awards
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmatlar joriy etildi
Endilikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali yashash joyiga doimiy ro‘yxatga turish uchun ariza yuborsa ham bo‘ladi. Mazkur xizmat Toshkent shahri va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolarimizga qulayilik yaratadi. Xizmat bir kun mobaynida ko‘rsatiladi. Xizmatga o'tish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/view/363
Bundan tashqari, fuqarolarimizga mazkur portal orqali doimiy (vaqtinchalik) yashash joyida yashash muddatini ko‘rsatuvchi ma’lumotnomani olish imkon yaratilgan.
Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining “Ma’lumotnomalar” turkumida “Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyida yashayotgan muddati ko‘rsatilgan ma’lumotnoma” xizmatini topib, so‘rov yuborish kerak. Yagona portal avtomatik ravishda ma’lumotnoma sifatida yuklab olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etadi. Xizmatga o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/view/367
O‘zbekiston talabalari Seeds for the Future onlayn dasturida ishtirok etishdi
Huawei kompaniyasi olti yildan buyon har yili O‘zbekistonda «Seeds for the Future» (Kelajak nihollari) loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Uning doirasida TATUning 50 nafar talabasi o‘tgan yillar davomida kompaniyaning Xitoydagi shtab-kvartirasida amaliyot o‘tashdi.
Butun dunyoda COVID-19 pandemiya tufayli yuzaga kelgan hozirgi vaziyatni hisobga olgan holda, bu yil «Seeds for the Future» loyihasi onlayn tarzda o‘tkazildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Ixtisoslashtirilgan AKT maktabidan tanlab olingan 30 nafar talaba loyiha bo‘yicha onlayn tarzda qator dolzarb IT yo‘nalishlari bo‘yicha bilimga ega bo‘lishdi: 5G texnologiyalari, bulutli hisoblash, sun’iy intellekt hamda HMS texnologiyalari shular jumlasidandir.
Payme kompaniyasi metroda smartfon orqali kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish tizimini sinovdan o‘tkazmoqda
Payme kompaniyasi "Avtomatlashtirilgan transport to'lov tizimi operatori"(ATTO) MChJ bilan birga “Abdulla Qodiriy” metro bekatida PaymeGo servisi orqali to‘lovlarni amalga oshirish tizimini sinovdan o‘tkazmoqda.
Payme Gо tizimi yo‘lovchilarga smartfon orqali kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Buning uchun smartfonda Payme ilovasiga kirib PaymeGo servisiga kirish kerak. Mobil qurilma bir to‘lov uchun mo‘ljallangan QR-kodni yaratib beradi.
Keyingi bosqichda yo‘lovchi telefonning ekran yuzini validatorga yaqinlashtirish kerak. Kerakli summa avtomatik ravishda plastic kartadan yechiladi, va yo‘lovchiga bu haqda SMS-xabarnoma keladi.