Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • "Zamonaviy radioaloqa texnologiyalari va ularni qo‘llash aspektlari" mavzusida seminar bo'lib o'tdi
    09.11.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON.UZ” DUK tomonidan tashkil qilingan "Zamonaviy radioaloqa texnologiyalari va ularni qo‘llash aspektlari" mavzusiga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-texnik seminar videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur seminarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlar Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa Vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, “Elektromagnit moslashluv markazi” DUK, “Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi DUK, oliy o‘quv yurtlaridan shuningdek, mobil aloqa operatorlari “Coscom” MChJ, “Mobiuz” MChJning jami 60 ga yaqin mutaxassislari, yosh olimlari, ishtirok etdi.

    Seminarda qator dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalar eshitildi, jumladan raqamli televideniye va radioeshittirishni rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi uchun simsiz texnologiyalar, yuqori platformadagi stansiyalardan foydalanish, uchuvchisiz uchish apparatlari monitoringi va boshqa masalalar.

    Manba: Axborot xizmati