Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    04.11.2020

    Xitoy 2035-yilgacha to‘laqonli elektromobillarga o‘tishni rejalashtirmoqda

    Dushanba kuni rasmiy ravishda xitoy avtomobil industriyasida toza ekologik avtomobillarni ishlab chiqarishga qaratilgan yirik loyiha — Yangi energetika transport vositalarining industriyasini rivojlantirish rejasi (2021-2035-yillari) e’lon qilindi

    Mazkur reja beshta asosiy taynch punktlaridan iborat bo‘lib, o‘z ichiga qator vazifalarni qamrab olgan: ehtiyot qismlari va tayyor transport vositalarni ishlab chiqarish, yangi turdagi sanoat ekotizimini yaratish, sanoat integratsiya va rivojlanishiga ko‘maklashish, mavjud infratuzilmani yahshilash, ilmiy tadqiqotlarga madad berish.

    2025-yilga kelib bozorda sotuvga chiqarilgan elektromobillarning ulushini 20% gacha yetkazilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, 2035-yilga kelib ular sotuvlarning asosiy yo‘nalishiga ayalanadi. Mazkur muddatgacha davlat sektori to‘la ravishda elektromobillar bilan ta’minlanishi rejalashtirilmoqda.

     

    NASA Oyni 2030-yilgacha o‘zlashtirish rejalari bilan tanishtirdi

    NASA insoniyat tomonidan Oyni joriy dekada ichida o‘zlashtirish rejalarini e’lon qildi. NASA Artemis missiyani amalga oshirish doirasida Oy ustuga ilk marotaba 2024-yilda ikkita astronavtlarni – erkak va ayol kishini tushirishni rejalashtirilgan. Tushirish joyda tayanch nuqta o‘rnatiladi. 

    Oyga yangi ekspeditsiyalarni yilda bir martda jo‘natishni rejalashtirilmoqda. Boshida missiyalar qisqa muddatli — bir-ikki haftaga mo‘ljallangan bo‘lsa, keyinchalik missiyalarining muddati ikki kishi uchun ikki oygacha, to‘rt kishi uchun bir oygacha uzaytirilishi belgilangan.

     

    Telegramning yangi versiyasi yangi imkoniyatlarni bermoqda

    Telegram kompaniyasi Android va iOS mobil operatsion tizimlari uchun mo‘ljallangan o‘z ilovaning yangi versiyasini taqdim etdi. Unda qator takomillashtirilgan va qo‘shilgan funksiyalar mavjud. 

    Xususan, endi bitta chatda qator muhim xabarlarni aks ettirib, ularni alohida yoki boshqa ekranda ro‘yxat tarzda ko‘rib chiqish mumkin. Bundan tashqari xabarlarni nafaqat kanal va guruhlarda, shaxsiy yozishuvda ham tepaga bog‘lasa bo‘ladi.

    Geopozitsiya funksiyasi ham yahshilandi. Endilikda joylashuvi to‘g‘risida ma’lumotlarni real vaqt rejimida jo‘natishda mehmon yaqinlashib kelayotgani haqida xabarni ham ko‘rsa bo‘ladi. Bu esa uni oldiga vaqtida chiqishga va uni kutvolib, topishga yordam beradi. Xaritada foydalanuvchilarning harakat yo‘nalishlari ham aks ettiriladi.

    Statistikani ko‘rish funksiyasi ham takomillashtirilgan. Kanalning umumiy statistikani ko‘rishdan tashqari har bir e’lon qilingan xabar (post) uchun statistikani ko‘rish va chop etilgan kanallarining ro‘yxatini ko‘rish imkoniyat yaratilgan.

    Yangiliklar orasida pleylistlarni ham ko‘rsatish mumkin. Endilikda qator musiqaviy fayllarni jo‘natishda ularni ro‘yxat ko‘rinishida shakllantirish mumkin. Mazkur funkisyadan boshqa formatdagi fayllar bilan ham foydalansa bo‘ladi.

    Bundan tashqari, Android platformasida fotorasmi ko‘rish jarayonida uni tahrir qilsa va yuklamasdan qaytadan jo‘natsa bo‘ladi. Android tizimi uchun yangi animatsiya. o‘yin avtomati va emodzilar paydo bo‘ldi.

     

    2020-yil 3-kvartal bo‘yicha smartfonlar jahon bozorida yetakchilik qilayotgan kompaniyalar

    Counterpoint Technology Market Research smartfonlar jahon bozorini o‘rganish bo‘yicha natijalarni e’lon qildi.

    Tadqiqotlarga ko‘ra, smartfonlarning global bozori bosqichma-bosqich COVID-19 pandemiyasi tufayli inqirozdan so‘ng tiklanmoqda. Joriy yil ikkinchi kvartal bilan solishtirganda smartfonlar bo‘yicha sotuv hajmi 32% ga o‘sdi. Umuman uchunchi kvartal bo‘yicha jahon bozorida 365,6 mln. smartfonlar sotilgan edi. 

    Mazkur davr ichida sotuvlar bo‘yicha Samsung kompaniyasi yetakchilib ko‘rsatib, 79,8 mln. dona mobil qurilmalarni sotdi va jahon bozorida 22% ulushi bilan birinchi o‘ringa chiqdi. Ikkinchi o‘rinni Huawei kompaniyasi egallab, 50,9 mln. dona smartfonlarni sotdi va jahon bozorining 14% ulushiga egalik qildi. Uchinchi pog‘onaga Xiaomi kompaniyasi ko'tarilib, mazkur davr ichida 46,2 mln. dona smartfonlarni sotdi va o‘z ulushini 8% dan 13% gacha ko‘tardi.

     

    Disney inson harakati va mimikani o‘xshatadigan robotni taqdim etdi

    Disney Research tadqiqot kompaniyasi inson harakati va mimikasini maksimal darajada o‘xshatish qobiliyatiga ega robotni taqdim etdi

    Robot ko‘kragida joylashgan Mynt Eye D-1000 RGB-D2 kamerasi robot oldida inson borligi haqida oqohlantiradi. Har bir robotga turli vaziyatlarda qanday harakat qilish ssenariysini yaratish mumkin.

    Robot taqdimotidan videolavha: https://youtu.be/D8_VmWWRJgE

    Manba: Axborot xizmati