eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon IT-xabarlari
    20.10.2020

    Facebook tomonidan ixtiro qilingan sun’iy intellekt 100 ta tillarda matnlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qila oladi

    Facebook kompaniyasi yangi 100 ta tillarda matnlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilish imkonini beradigan sun’iy intellekt texnologiyasini taqdim etdi

    Ko‘plab tarjimonlar oldin matnlarni birinchi manbadan ingliz tiliga, bundan keyin boshqa xorijiy tilga tarjima qilishadi. Shu sababli tarjima qilish jarayoni murakkablashib, ayrim tarjima joylarning aniq ma’nosi yo‘qolib ketadi. Yangi sun’iy intellekt ingliz tilidan foydalanmasdan tarjimarni qila oladi (masalan, fransuz tilidan xitoy tiliga). BLEU baholariga ko‘ra (tarjima qilindan matnning baholash algoritmi) tarjima jarayonining sifati ingliz tiliga moslashtirilgan tarjimaga nisbatan 10 ball yuqoriroq deb baholanadi.

     

    Apple Music TV ishga tushirildi

    Apple kompaniyasi tomonidan 24-soat ichida faoliyat ko‘rsatadigan Apple Music TV striming servisi ishga tushirildi. AQShda mazkur servis bepul tarqatiladi

    Apple bayonotiga ko‘ra, mazkur servis orqali eksklyuziv yangi musiqaviy kliplar, kontsertlar namoyish etiladi. Servis o‘z faoliyatini Apple Music tarixidagi AQShning 100 ta eng mashhur musiqa kompositsiyalarini namoyish etishdan boshladi.

     

    Google foydalanuvchi tomonidan kuylagan yoki hushtak chalish orqali qo‘shiqlarni  topib beradigan funksiyani ixtiro qildi

    Search On tadbiri doirasida Google kompaniyasi tomonidan o‘z qidiruv tizimining yangi imkoniyatlari hamda yangi funksiya taqdim qildi. Endilikda kompaniyaninq qidiruv tizimi foydalanuvchi tomonidan kuylagan yoki hushtak chalish orqali ashulalarni topib berishga imkon beradi https://russia.googleblog.com/2020/10/google_51.html

    Mazkur funksiyadan foydalanish uchun Googlening mobil ilovasi yoki vidjetiga kirib, mikrofon tugmachasiga yoki “Ashula toppish” tugmachasini bosib, undan so‘ng ashulaning musiqasini kuylash yoki hushtak bilan chalish kerak.

    Ma’lumotlariga ko‘ra, yangi funksiya yaqin orada iOS foydalanuvchilari uchun ingliz tilida, Android foydalanuvchilari uchun esa 20 tadan ortiq tillarida mavjud bo‘ladi.

     

    LG ilk marotaba o‘rama televizorni taqdim etdi

    LG Electronics (LG) kompaniyasi birinchi marotaba Signature OLED R nomli o‘rama televizorni (televizor rulon) taqdim etdi.

    Mazkur televizor organik svetodiodlardan yig‘ilgan matritsasi asosida yaratilgan. O‘zining egiluvchanligi tufayli displeyni rulonga o‘rash va to‘rt burchakli bazaga joylashtirish mumkin.

    Televizor ekran diagonali 65 dyuymga to‘g‘ri keladi. Ko‘rsatish sifati esa 4K televizorlaridan qolishmaydi. Innovatsion moslama Wi-Fi va Bluetooth aloqasi bilan ham jihozlangan.

    Mazkur televizorning narxi $87 mingni tashkil qiladi.

     

    Xiaomi dunyodagi eng tezkor smartfonlarni quvvatlash texnologiyasini taqdim etdi

    Jahondagi smartfonlarni ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyalardan biri - Xiaomi kompaniyasi dunyodagi eng tezkor smartfonlarni quvvatlash texnologiyasini taqdim etdi

    Yangi simsiz texnologiya asosida telefonni 50 foizgacha quvvatlash uchun atigi 8 daqiqa ketadi. Telefonni to‘liq – 0 dan 100 foizgacha quvvatlash uchun 19 daqiqa vaqt talab etiladi.

     

    Manba: Axborot xizmati