Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xovos tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    27.10.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil qilish borasida ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning 3 yo‘nalishi — aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

    Xususan Sirdaryo viloyatida bugungi kunga qadar MirzaobodSayxunobod tumanlari va Guliston shahrida shunday Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlar tashkil etilgan. Ushbu markazlarga 300 nafardan ortiq yoshlar jalb etilib, 100 nafardan ortiq yoshlarga kurslarni muvaffaqiyatli bitirganlari to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi.

    Joriy yilning 27 oktabr kuni Xovos tumanida yana bitta  Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etildi. Markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Qahramon Yuldashev ishtirok etdi.

    Markaz zamonaviy kompyuter jihozlari va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlangan bo‘lib, hudud yoshlariga raqamli texnologiyalar, dasturlash asoslari, robototexnika bo‘yicha o‘quv kurslar tashkil etish va kibersportni yanada ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish uchun mo‘ljallangan.

    Shuningdek, markazda ushbu hududdagi davlat va ho‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirish maqsad qilingan.

     

    Manba: Axborot xizmati