Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maktabida 2-bosqich onlayn test imtihonlari natijalari e’lon qilindi
    13.10.2020

    2020 yil 5-9 oktabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga 2020/2021 o‘quv yili uchun 5-9 sinflarga o‘quvchilar qabul qilish uchun 2-bosqich onlayn test imtihonlari o‘tkazildi.

    E’lon qilingan ikkinchi bosqich onlayn test imtihonlari natijalari bilan batafsil quyidagi havola orqali — https://ictschool.uz/qabul-natija/ yoki maktabning www.ictschool.uz  rasmiy veb sayti orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

    Ma‘lumot uchun:

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi 10 sentabrdan 20 sentabrga qadar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabiga 2020/2021 o‘quv yili uchun 5-9 sinflarga o‘quvchilarning hujjatlari maktabning www.ictschool.uz rasmiy veb-sayti orqali faqat onlayn qabul qilingan.

    2020 yil 25-29 sentabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga 2020/2021 o‘quv yiliga 5-9 sinflarga o‘quvchilar qabul qilish uchun onlayn imtihon jarayonlarining 1-bosqichi o‘tkazildi va 2-oktabr kuni e’lon qilindi.

    Birinchi bosqich imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar joriy yilning 5-9 oktyabr kunlari ikkinchi bosqichda  Zoom dasturi orqali onlayn suhbatda ishtirok etdilar. 5-sinf o‘quvchilari uchun onlayn suhbat 5-6 oktabr kuni, 6-sinf o‘quvchilari uchun – 7-oktabr kuni, 7-sinf o‘quvchilari uchun – 8-oktabr kuni, va 8-9-sinf o‘quvchilari uchun – 9 oktabr kuni tashkil etildi. Ikkinchi bosqich imtihonida ingliz tili fanidan 1 ta mavzu bo‘yicha o‘qish, tarjima qilish va suhbatlashish mahorati sinovdan o‘tkazildi, matematika va fizika fanlaridan esa 2 tadan misol berildi.

    Ta’kidlash kerakki, imtihon jarayonlariga malakalali mutahassislar — Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchi mutaxassislari jalb qilindi.

    Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi IT maktabining www.ictschool.uz rasmiy veb-sayti

     

    Manba: Axborot xizmati