Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazm qishloq va suv xo‘jaligi xodimlari AKT yo‘nalishida o‘z malakasini oshirmoqda
    27.10.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qabul qilingan Farmoniga asosan hududlarda hokimlik, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish vazifalar belgilangan.

    Shundan kelib chiqib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida Xorazm viloyatidagi qishloq va suv xo‘jaligi xodimlari uchun axborot-kommunikatsiya va raqamlashtirish texnologiyalari bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kursi yo‘lga qo‘yildi.

    Kurs davomida tinglovchilarga qishloq va suv xo‘jaligi tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli texnologiyalarni joriy etish, xususan “Aqqli suv xo‘jaligi”, suv sarfini monitoring qilish, ekin maydonlarini masofadan kuzatish va boshqa innovatsion tizimlarni amalga oshirish yo‘nalishida ma’lumotlar berilmoqda.

    Malaka oshirish kurslari sohaning yetuk mutaxassislari, professor o‘qituvchilar tomonidan olib borilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati