Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Aloqabank” boshqaruv raisi “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvon bilan taqdirlandi
    26.10.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “K.N.Irisbekovaga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvonini berish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

    Bugun “Aloqabank” boshqaruv raisi Kommuna Irisbekovaga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni topshirildi.

    Tadbirda ushbu yuksak unvon «Aloqabank» boshqaruvi raisi Kommuna Narinbayevna Irisbekovaga mamlakat iqtisodiy qudratin yuksaltirishdagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimizda bank tizimini xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirish, sohada chuqur bilim va yuqori malakaga ega bo‘lgan professional kadrlarni tayyorlashga munosib hissa qo‘shayotganining samarasi ekanligi qayd etildi.

    Manba: Axborot xizmati