Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Dolzarb masalalar muhokama qilindi
    22.10.2020

    22-oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining dolzarb vazifalarini ijro etishga bag‘ishlangan yig'ilish videokonferensaloqa orqali o‘tkazildi.  

    Yig‘ilishda Vazirlikning markaziy apparati, tizimdagi korxona va tashkilotlar,  shuningdek, videokonferensaloqa orqali Vazirlikning joylardagi hududiy boshqarmalari, tizimdagi korxona va tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdilar.

    Yig‘ilishida, mazkur Farmon qabul qilinishi va unga asosan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlanishi O‘zbekistonda raqamlashtirish jarayonlarini izchil davom ettirishda dasturilamal bo‘lishi to‘g‘risida alohida aytib o‘tildi.

    Farmonga muvofiq 2020-2022 yillarda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etilishi hamda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda boshqaruv, ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha 280 dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

    Tadbir davomida olib borilayotgan choralarni kuchaytirish talab qilgan bir qator dolzarb yo‘nalishlar ham ko‘rsatildi. Respublikamizda zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini yaratish, elektron hukumat tizimini rivojlantirish, pochta sohasini modernizatsiyalash, IT tadbirkorlar va IT startaplar uchun keng imkoniyat yaratish, Vazirlik tizimdagi o‘quv muassasalari faol ishtirokini ta’minlangan holda IT kadrlarni tayyorlash masalalari  ham muhokama qilindi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati