Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 21 oktabr – “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tabrigi
    21.10.2020

    21 oktabr – “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tabrigi

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi butun o‘zbek xalqini, shuningdek, dunyoning boshqa mamlakatlarda o‘zbek tilida so‘zlashuvchilarni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil to‘lishi hamda “O‘zbek tili bayrami” kuni bilan tabriklaydi.

    Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. O‘zbek tili o‘tgan yillar davomida mamlakatimizdagi yuzdan ortiq millat va elat vakillarini o‘zaro bog‘laydigan mehr-oqibat tiliga aylandi.

    Jahonda munosib o‘rin egallashni maqsad qilib qo‘ygan har qaysi davlat avvalo o‘z xalqining milliy tili va madaniyatini asrab-avaylashga, rivojlantirishga intiladi. Mustaqillik yillarida ona tilimizni tom ma’noda davlat tiliga aylantirish yo‘lida katta chora-tadbirlar amalga oshirildi va bu jarayon bugungi kunda jadal davom ettirilmoqda.

    Jumladan, davlat tiliga doir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish, targ‘ib qilish maqsadida vazirning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, shuningdek, tizimdagi 19 ta tashkilot va muassasalarda davlat tilida ish yuritish jarayonlarini muvofiqlashtirib boruvchi 24 nafar mas’ul tayinlandi.

    Shu o‘rinda hozirgi kunda Yer yuzida 7 mingdan ziyod til mavjud bo‘lib, ularning faqat 200 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga egaligi, o‘zbek tili ham ana shu tillar orasida ekanligi barchamizni quvontiradi.

    Hozirgi kunda o‘zbek tili davlat tili sifatida siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizda faol qo‘llanmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda. Ayniqsa, 2020 yil 23 sentyabr mustaqil O‘zbekiston tarixi sahifalariga zarxal harflar bilan bitildi. Aynan mana shu kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek xalqining ko‘p yillik orzusini ushaltirib, mazkur yuksak minbardan turib, o‘zbek tilida nutq so‘zladi.

    Bugungi kunda xalqaro maydonda obro‘-e’tibori tobora yuksalib borayotgan O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etishda ona tilimiz ham katta hissa qo‘shmoqda.

    O‘zbek tili Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning 60 ga yaqin universitetlari va 100 dan ziyod maktablarida o‘rganilmoqda.

    O‘zbek tili bayramining mamlakatimiz va xalqaro miqyosda keng nishonlanishi xalqimizning milliy ruhi va g‘ururini yuksaltirish bilan birga, davlat tilini hayotimizda to‘laqonli joriy etishga xizmat qiladi.

    Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.

    Ayni paytda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz turli ma’lumotlarni asosan Internet va ijtimoiy tarmoqlardan olmoqda. Binobarin, ona tilimizni jozibali va qiziqarli tarzda taqdim etish, buning uchun o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini, onlayn darsliklar, elektron lug‘atlarni yaratish kerak. Internet imkoniyatlaridan to‘liq foydalanib, o‘zbek tilini keng targ‘ib etish bo‘yicha ishlarimizni kuchaytirishimiz lozim.

    O‘tgan davr mobaynida o‘zbek tilini xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilish, tilmizni o‘rganish istagidagi chet ellik fuqarolarga ko‘maklashishga mo‘ljallangan o‘zbek tilini o‘rgatuvchi www.uzbek-tili.uz onlayn platformasi, www.til.gov.uz veb-sayti yaratildi.

    Aziz millatdoshlar!

    Sizlarni va butun xalqimizni o‘zbek tili bayrami bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga fayzu baraka, baxtu saodat tilaymiz.

     

    Manba: Axborot xizmati