Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston Internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida positsiyasi yahshilandi
    20.10.2020

    Ookla kompaniyasi Speedtest.net servisi 2020 yil sentabr oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Internet tezligi bo‘yicha bir oyda ikki pog‘onaga, mobil Internet tezligi bo‘yicha esa bitta pog‘onaga ko‘tarildi.

    Mamlakatimiz umumiy reytingida 176-ta davlat qatoridan 96-po‘g‘onaga ko‘tarilib, aniqlangan Internet tezligi 30,5 Mbit/s. ni tashkil etdi.

     Aytish joizki, bir yil avval respublikamiz jahonda 112-o‘rinni egallagan, va Internet tezligi esa 19,91 Mbit/s. ni tashkil etgan.  Bundan ko‘rinib turibdiki,  bir yil ichida aniqlangan Internet tezligi 10 Mbit/s. dan yuqori ko‘rsatgichlarga o‘sdi, va respublikamiz 16-positsiyaga ko‘tarildi.

    Mobil internet tezligi bo‘yicha ham O‘zbekiston 6 ta pog‘onaga ko‘tarildi – 131-o‘rindan 125-o‘ringacha. Shu tarzda mobil Internet bo‘yicha tezligi ham 10,79 Mbit/s. dan 13,54 Mbit/s. gacha ko‘tarildi.