Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universiteti birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    20.10.2020

    Toshkent shahridagi Inha universitetida birinchi bosqich talabalari ilk marotaba oliy ta’lim muassasaga tashrif buyurib, universitet rahbariyati bilan bevosita tanishdilar. Tadbir doirasida talabalar universitet faoliyati, ma’muriyati va bir-biri bilan yaqindan tanishdi.

    Tadbir boshida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalalov so‘zga chiqib, talabalarni o‘qish jarayoni boshlanishi bilan tabrikladi va ularga o‘z yo‘lida yanada ko‘p muvaffaqiatlarga erishishga tilak izhor etdi.

    Taqdimot sessiyalari doirasida birinchi bosqich talabalari akademik taqvim, universitetning tashkiliy va ma’muriy tuzilishi, talabalar bo‘limi, IT bo‘limi va data markaz, talabalar jamoasi to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

     

    Manba: Axborot xizmati