Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qarshida suv xo‘jaligi sohasi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilindi
    16.10.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qabul qilingan Farmoniga asosan hududlarda hokimlik, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish vazifalar belgilangan.

    Shundan kelib chiqib, 16-17 oktabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida Qashqadaryo viloyati Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi korxonalar xodimlari uchun axborot-kommunikatsiya va raqamlashtirish texnologiyalari bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kursi o‘tkazilmoqda.

    O‘quv kursida zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarining afzalliklari, elektron hukumat tizimi qulayliklari, suv xo‘jaligidagi islohotlar, qabul qilingan qaror va farmonlar hamda ularning mohiyati, suv xo‘jaligida geoaxborot tizimlari (GAT) texnologiyasidan foydalanish va ular yordamida raqamli xaritalarni yaratish hamda kosmik zondlash imkoniyatlari bo‘yicha tinglovchilarga ma’lumotlar berildi.

    O‘quv kursi yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshiriladi.

     

    Manba: Axborot xizmati