Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Fuqarolar tomonidan keilib tushgan qator murojaatlar joyda o‘z yechimini topdi
    15.10.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarligida Respublika ishchi guruhining  kunlari Farg‘ona viloyatida o‘tkazilayotgan sayyor qabul davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaatlar kelib tushgan.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Jamshid Egamberdiyev tomonidan 2020 yil 14-16 oktabr kunlari Farg‘ona viloyatida sayyor qabul o‘tkazilamoqda.

    2020 yil 14-15 oktabr kunlari Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik va O‘zbekiston tumanlarida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida Qo‘qon shahri va Dang‘ara, Beshariq, Furqat, Buvayda tumanlari fuqarolaridan soha yo‘nalishi bo‘yicha jami 31 ta murojaat kelib tushdi.

    Shundan 23 ta murojaatlar sayyor qabul davomida ijobiy hal qilinib, 8 ta murojaat nazoratga olindi.

    AKT vaziri o‘rinbosarining Farg‘ona viloyatida o‘tkazilayotgan sayyor qabuli davom etmoqda.

     

    Manba: Axborot xizmati