O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan Babaxodjayev Sarvar Nadjimovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Teshabayev To‘lqin Zakirovich Toshkent moliya instituti rektori etib tayinlandi.
Manba: Axborot xizmati