Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O'zbekiston IT-xabarlari
    08.10.2020

    Apelsin mobil ilovasi “Kapitalbank” ATBning raqamli filialiga aylandi

    Apelsin mobil ilovasi “Kapitalbank” ATBning raqamli filiali maqomiga ega bo‘ldi

    Bank vakillari  ta’kidlaganidek, hozirgi kunda Apelsin mobil ilovasida kredit ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish, xalqaro pul jo‘natmalarini amalga oshirish, marketplace tizimini va USSD tizimi orqali tezkor to‘lovlar tizimini joriy etish ustidan ishlar olib borilmoqda.

     

    Beeline mobil operatorining “chiroyli” raqamlari birja savdolariga chiqarildi

    Beeline mobil operatori “chiroyli” raqamlarni O'zbekiston tovar xomashyo birja savdolariga chiqardi.

    Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning yoz mavsumida onlayn auktsion orqali mobil raqamlarni sotishga imkon yaratib bergan mobilraqam.uzex.uz savdo platformani yo‘lga qo‘ygan.

     

    “Technoways” texnologik rivojlanish marafoni g‘oliblari taqdirlandi
     

    Technoways texnologik rivojlanish marafoni doirasida ilmga chanqoq iqtidorli yoshlarni 20 kun davomida innovatsion rivojlanish sohasida bilimlarga ega bolishida hamda «Robototexnika» “3D prototiplashtirish” «Internet buyumlari» «Marketing» “IT” yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy laboratoriyaning texnik imkoniyatlaridan keng foydalangan holda onlayn hamda amaliy tarzda o‘z loyihalarining prototiplarini yaratishga erishildi

    Eng yaxshi loyihalar tanlab olinib, g‘olib jamoalarga homiylar tomonidan pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari berildi. G‘oliblar qatoriga quyidagilar kirdi:
    • kotib vazifasini bajaruvchi robot yaratgan “Nova robotics” jamoasiga mashinasozlik-muhandislikka ixtisoslashgan “Mustahkam Machinery” kompaniyasi tomonidan 20 mln. so‘m mukofot berildi;
    • Enor-3 ixcham tezkor tejamkor elektromobilini ishlab chiqqan “Neuron engineering” jamoasiga Turin politexnika universiteti 15 mln. so‘m mablag‘ bilan mukofotladi;
    • dasturlash tilini o‘rganishga yordam beruvchi veb-ilovasini yaratgan “ALL IN IT” jamoasi esa 15 mln. so‘m mablag‘ni qo‘lga kiritdi;
    • sanoat sohasida foydalaniladigan robot-manipulyator prototipini taqdim etgan “Unitech” jamoasiga “Just robotics” kompaniyasi tomonidan 10 mln. so‘m pul mukofoti berildi;
    Bundan tashqari, marafonning yakuniy bosqichiga yetib kelgan 11 ta jamoaga Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazining 1 yillik rezident maqomi berildi.

     

    Oracle Academy informatika o‘qituvchilari uchun treninglar o‘tkazadi

    Oracle kompaniyasining ta’lim platformasi bo‘lgan Oracle Academy respublikaning barcha hududlaridan saralab olingan 30 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasi "Informatika" fanidan dars berayotgan o‘qituvchilari uchun onlayn treninglarni o‘tkazadi.

    Treninglar “Java dasturlash tili” hamda “SQL ma’lumotlar bazasi” yo‘nalishida tashkil etiladi. Treningni muvaffaqiyatli bitirgan o‘qituvchilarga trenerlik faoliyatiga ruxsat beruvchi tegishli sertifikat topshiriladi.

     

    1-noyabrdan boshlab Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi

    Avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini to‘liq joriy etish doirasida 1-noyabrdan boshlab Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi. 

    O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan berilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad - navbatdagi bosqichda yo‘lovchilarning yagona transport kartalari orqali yo‘l haqi to‘lovlarni amalga oshirish ko‘lamini kengaytirish, avtomatlashtirilgan tizimning to‘laqonli ishlab ketish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz kechishdir.

    Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar jamoat transporti avtobus va metropoliten yo‘nalishlarida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish ishlari doirasida 2020-yil 3-yanvardan e’tiboran yagona transport kartalari muomalaga chiqarilgan. Yagona transport kartalarining hisobini metro kassalari, oylik yo‘l chiptalarini sotish shahobchalari, infokiosklar, barcha elektron to‘lov tizimlari, shuningdek, ATTO – mobil ilovasi orqali to‘ldirish imkoniyati mavjud.

     

    Manba: Axborot xizmati